Yer yuzida harorat ilk bor "xavfli chegara"dan oshib ketdi
Soʻnggi 150 yillikda sayyorada mavsum uchun bu kabi issiq harorat hech qachon qayd etilmagan.
Shu yilning 17-18 noyabr kunlari Yerda umumiy havo harorati +2 darajadan yuqoriladi. Bu olimlar sayyora va uning ekotizimlari uchun halokatli va qaytarilmas oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida oʻnlab yillar davomida ogohlantirib kelayotgan "xavfli chegara"dan yuqoridir.
Kopernik iqlim oʻzgarishi xizmati direktori oʻrinbosari Samanta Burgess X tarmogʻida maʼlumotlarga koʻra, oʻtgan hafta juma kuni global oʻrtacha harorat birinchi marta sanoatlashtirishdan oldingidan 2 darajadan yuqori boʻldi.
Ushbu rekord vaqtinchalik va bu dunyo doimiy ravishda 2 darajadan yuqori isish holatida ekanligini anglatmaydi, lekin bu sayyora tobora isib borayotganidan va iqlim inqirozidan darak beradi.
Juma kungi havo haroratining 2 darajadan oshib ketishi Dubayda boʻlib oʻtadigan BMTning iqlim boʻyicha COP28 konferensiyasi boshlanishidan ikki hafta oldin sodir boʻldi, bu yerda mamlakatlar iqlim boʻyicha Parij kelishuvi majburiyatlarini bajarish yoʻlida erishgan yutuqlarini baholaydilar.
Ammo moʻtadil natija sifatida koʻriladigan 1,5 daraja harorat ham Yer uchun chegara emas: bu qiymatdan oshib ketgan darajaning har bir qiymati sayyora uchun yanada ogʻirroq oqibatlarga olib keladi. 2 darajaga isishi sayyoramiz qutb muzliklarining qulashi va marjon riflarining ommaviy nobud boʻlishi kabi ofatlar ehtimolini oshiradi.
Soʻnggi 150 yillikda sayyorada mavsum uchun bu kabi issiq harorat hech qachon qayd etilmagan.1850-1900 yillardagi iqlimiy davrga nisbatan hozirgacha biror bir kunda yerda sutkalik havo harorati +2°S likdan yuqoriga koʻtarilmagan edi.