platina.uz

Tez kunda “Bilim uchun 100 million” olimpiadasining finali boʻlib oʻtadi

Olimpiada qizgʻin pallaga kirdi. Onlayn bosqichda joriy yil 100 mingdan ortiq fuqarolar ishtirok etmoqda. Yakunda 1-oʻrin sohibi 100 million soʻm, 99 nafar finalchining har biri esa 1 million soʻmdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Jamiyat
21-noyabr 2023 yil
Tez kunda “Bilim uchun 100 million” olimpiadasining finali boʻlib oʻtadi

Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan oʻtkaziladigan “Bilim uchun 100 million” loyihasining @bilimtestbot telegram botida oʻtkaziladigan onlayn bosqichida 2022 yil 246 991 nafar ishtirokchi qatnashgandi.

Aprel oyidan noyabrga qadar eng yuqori ball toʻplagan 100 nafar ishtirokchi oʻrtasida esa 2022 yil 17 noyabr kuni Toshkent shaharida ikkinchi bosiqch — final oʻtkazilgan.

2022 yil, final

2022 yil qizgʻin davom etgan finalda Oʻzbekiston Milliy universitetining matematika fakulteti 4-bosqich talabasi Jahongir Toʻrayev gʻolib boʻlib, 100 million soʻm mukofotini qoʻlga kiritgan.

2022 yil, final

2022 yil, final

2022 yil qizgʻin davom etgan finalda Oʻzbekiston Milliy universitetining matematika fakulteti 4-bosqich talabasi Jahongir Toʻrayev gʻolib boʻlib, 100 million soʻm mukofotini qoʻlga kiritgan.

Jahongir Toʻrayev — olimpiada gʻolibi, 100 million soʻm sohibi

Bundan tashqari, 99 nafar finalchining barchasiga esa tantanali taqdirlash marosimi tashkil etilib, 1 million soʻmdan pul mukofoti hamda esdalik sovgʻalari topshirilgan. 2022 yil olimpiada haqida bir qator telekanallar, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda maʼlumotlar keng yoritib borilgan.

2022 yil, tantanali taqdirlash marosimi

2023 yil sentabr oyida “Bilim uchun 100 million” loyihasining yangi mavsumiga start berildi. Bunda birinchi bosqich @bilimtestbot telegram botida onlayn shaklda oʻtkazilmoqda. Taqdim etilayotgan testlar malakali ekspertlar tomonidan tuzilgan boʻlib, bir-biridan qiziqarli savollardan iborat.

Mazkur bosqich 10 ta turdan iborat, 20 noyabr kuni 8-tur savollari eʼlon qilindi. Yangi mavsumda 100 mingdan ortiq bilimdonlar olimpiadada ishtirok etishmoqda. Shundan 70 ming ishtirokchi har bir turda savollarni ishlab, faol qatnashib kelmoqda.

Dekabr oyining birinchi oʻn kunligida olimpiadaning onlayn bosqichi yakunlanadi. Bunda eng yuqori ball toʻplagan 100 nafar ishtirokchi Toshkent shahrida oʻtadigan finalga taklif qilinadilar. Finalda ular maxsus savollarni ishlab, bilimlarini sinaydilar.

Finalda eng yuqori ball toʻplagan 1 nafar ishtirokchi olimpiada gʻolibi deb topiladi va 100 million soʻm pul mukofoti bilan (naqd pul shaklida) taqdirlanadilar. Qolaversa, 99 nafar finalchining har biri 1 million soʻmdan pul mukofoti hamda esdalik sovgʻalari bilan mukofotlanadilar.

Maʼlumot uchun, ayni vaqtda “Bilim uchun 100 million” olimpiadasi qizgʻin pallaga kirdi. Joriy yilda ham finalchilarini tantanali taqdirlash rejalashtirilmoqda. Ishtirokchilardan yanada faol boʻlish soʻraladi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+