Taniqli askiyachi vafot etdi
U 1999 yil Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist unvoni bilan taqdirlangandi.
Madaniyat
21-noyabr 2023 yil
Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi Respublika Askiya va qizikchilik sanʼati markazi asoschisi, Margʻilon shahar musiqali maqom teatrining oliy toifali drama artisti Sherayev Mamasiddiq Qamchiboyevich 77 yoshida vafot etdi.
Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
Mamasiddiq Sherayev 1999 yil Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist unvoni bilan taqdirlangandi.
2021 yil "Doʻstlik" ordeni sohibi boʻlgan.
2020 yildan hozirgi vaqtgacha Margʻilon shahar musiqali maqom teatrining oliy toifali drama artisti sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.