Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya prezidenti bilan uchrashadi
Prezident Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol bilan telefon orqali muloqot qildi.
Siyosat
21-noyabr 2023 yil

Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi prezidentlari boʻlajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini koʻrib chiqdilar. Uchrashuv qachon va qayerda boʻlishi hozircha nomaʼlum.
Bugun, 21 noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol bilan telefon orqali muloqot qildi.
Oʻzbekiston bilan Janubiy Koreya oʻrtasidagi doʻstlik va alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
Prezidentlar qoʻshma hukumatlararo qoʻmita yigʻilishini joriy yil oxirigacha oʻtkazishga kelishib olindi.