Putin Zelenskiyni oʻldirish uchun qotillar yuborgani maʼlum boʻldi
2022 yil fevral oyida, Rossiya bosqini boshlangach maxsus kuchlar Zelenskiyni yoʻq qilish maqsadida Kiyevda paydo boʻlgan.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy rossiyaliklar tomonidan uyushtirilgan beshdan ortiq suiqasddan omon qolganini aytdi. Uning fikricha bu suiqasdlar ortida Rossiya rahbari Vladimir Putin turibdi.
The Sun nashriga bergan intervyusida u faqat birinchi suiqasd vahima qoʻzgʻatganini va keyingilari "unchalik boʻlmaganini" aytgan.
"Birinchisi vahimali boʻlgan, bu huddi koronavirusga oʻxshaydi. Dastlab odam nima qilishni bilmaydi va bu juda qoʻrqinchli koʻrinadi", degan Zelenskiy.
Maʼlumotlarga koʻra, 2022 yil fevral oyida, Rossiya bosqini boshlangach maxsus kuchlar Zelenskiyni yoʻq qilish maqsadida Kiyevda paydo boʻlgan. Ukraina prezidenti xavfsizlik xizmati saʼyi-harakatlari bilan mazkur hujumlar bartaraf etilgan.
Shuningdek, AQSh va Buyuk Britaniya maxsus kuchlarining Zelenskiyni Kiyevdan olib chiqib ketish taklifiga ham Ukraina rahbari rad javobini bergan.