Oʻzbekiston qora anʼanani buza olmadi
JCh-2026 yoʻlida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ikkinchi oʻyinni Toshkentda Eronga qarshi oʻtkazdi.
JCh-2026 yoʻlida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ikkinchi oʻyinni Toshkentda Eronga qarshi oʻtkazdi va yana yutqazdi. Bu qora anʼana buzilmadi.
Gap shundaki, MTJ oʻz maydonida Eronga qarshi 8 marta oʻyin oʻtkazgan va birortasida yuta olmagan. 7 ta magʻlubiyat va bitta durang. Bu oʻzbek futbolchilari uchun qora anʼana boʻlib qolgan.
Bugungi oʻyinda Srechko Katanets shogirdlaridan umid katta edi. U bu anʼanaga chek qoʻyishi, Eron Toshkentda magʻlub etilishi kerak edi. Ammo bunday boʻlmadi.
Lekin Eronga qarshi bitta oʻyinda ilk bor ikkita gol urildi. Bunyodkor stadionidagi jangovar oʻyinda 2:2 hisobidagi durang qayd etildi.
JCh-2026, Osiyo saralashi, 2-tur
Oʻzbekiston - Eron 2:2
Gollar: Oston Oʻrunov 52, Igor Sergeyev 83 - Ramin Rizoyan 14, Mehdi Taremi 38