Fargʻonada majburiy mehnatga ketayotganlar YTHga uchradi
Natijada ikki kishi qurbon boʻlgan.
Jamiyat
21-noyabr 2023 yil
Fargʻonada sabzi kovlash uchun ketayotgan maktab oʻquvchilari YTHga uchragani aytilmoqda. Natijada ikki kishi hodisa joyida vafot etgan, toʻrt kishi jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan.
Bu haqda jurnalist Sharifa Murod maʼlumot tarqatdi.
Fargʻona viloyati IIB maʼlumotiga koʻra esa, 21 noyabr kuni Uchkoʻprik tumanida "Isuzu" toʻxtab turgan "Damas"ga urilib, YTH sodir etgan. Natijada, ikki kishi qurbon boʻlgan, toʻrt kishi ( ulardan ikkitasi maktab oʻquvchisi) shifoxonaga yotqizilgan.