Rossiyani yoqtirmaydigan shaxs Argentina prezidenti boʻldi

Uning asosiy raqibi magʻlubiyatini tan olgan. 

Jahon
20-noyabr 2023 yil
Rossiyani yoqtirmaydigan shaxs Argentina prezidenti boʻldi

Argentinada mamlakatning BRIKSga kirishi va Rossiya bilan hamkorligiga qarshi boʻlgan, oʻta oʻng siyosatchi Xaver Miley prezident etib saylandi. U saylov byulletenlarining 86,59 foizi natijasiga koʻra 55,95 foiz ovoz bilan gʻalaba qozondi.

Uning raqibi, Iqtisodiyot vaziri Serxio Massa esa 44,04 foiz ovoz toʻplagan.

Massaning allaqachon magʻlubiyatini tan olgan va raqibini gʻalaba bilan tabriklagan. "Natijalar biz kutgandek boʻlmadi, men Xaver Miley bilan bogʻlanib, uni tabrikladim va unga omad tilayman, chunki u argentinaliklarning koʻpchiligi keyingi toʻrt yilga tanlagan prezidentdir", - deydi nomzod.

Ayni paytda Argentina chuqur iqtisodiy inqirozni boshidan kechirmoqda. Yil boshidan buyon inflyatsiya 120 foizga yetdi, milliy valyuta qadrsizlanmoqda, aholining ish haqi amalda oʻsmayapti, qashshoqlik 40 foizdan oshdi. Mamlakat xalqaro zaxiralarini deyarli yoʻqotdi va XVF oldidagi koʻp milliard dollarlik qarzlarini toʻlash uchun Xitoy yordamiga murojaat qilishga majbur.

52 yoshli Miley iqtisodchi mutaxassisligiga ega. U oila qurmagan va farzandlari yoʻq. 

Boʻlajak prezident siyosatga yaqinda kirib keldi va 2019 yilda Libertarianlar partiyasiga qoʻshildi. 

U Argentinada "siyosiy kasta" ga chek qoʻyishi, davlat xarajatlarini qisqartirishi va inflyatsiyaga qarshi keskin kurash olib borishini bildirdi. 

Miley radikal choralarni taklif qiladi - u iqtisodiyotni dollarlashtirish, xususiylashtirish, jumladan, taʼlim va sogʻliqni saqlash sohasida, AQSh va Isroil foydasiga Xitoy, Braziliya va Rossiya bilan hamkorlikdan voz kechishni yoqlaydi. Bundan tashqari, Mayli Argentinaning BRIKSga qoʻshilishiga qarshi va kommunistlar va sotsialistlar bilan hamkorlik qilishni istamasligini aytib keladi. 

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+