Oʻzbekistonning Oʻshdagi bosh konsuli tayinlandi
Eslatib oʻtamiz, ushbu konsullik oʻtgan yili ish boshlagandi.
Oʻzbekistonning yangi tayinlangan bosh konsuli Zafarbek Ahmedov Qirgʻizistonning Oʻsh shahriga yetib keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Zafarbek Ahmedov shu paytgacha Konsullik-huquqiy boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan. U 54 yoshda. Xorazm pedagogika institutini (1992 yildan Urganch davlat universiteti) tamomlagan. Maktabda oʻqituvchi, Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida turli lavozimlarda, Tashqi ishlar vazirligida, jumladan, Oʻzbekistonning Pokistondagi elchixonasida ishlagan.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonning Oʻsh shahridagi bosh konsulligi 2022 yilda ish boshlagan va uning konsullik okrugiga Qirgʻizistonning Botken, Jalolobod va Oʻsh viloyatlari kiradi.