Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oʻtkir Siddiqov vafot etdi
Taniqli suxandon 78 yoshni qarshi olgandi.
Madaniyat
20-noyabr 2023 yil

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, “Shuhrat” medali sohibi, taniqli ijodkor, suxandon Oʻtkir Siddiqov olamdan oʻtdi. Bu haqda shoir Bobur Bobomurod xabar berdi.
Oʻtkir Siddiqov 1945 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. U Toshkent teatr va rassomchilik sanʼati institutining drama va kino aktyorligi yoʻnalishini tamomlagan.
Boshlovchi sifatida bugungacha 8 mingga yaqin konsert va tadbirlarda qatnashgan, 250 dan martadan ortiq turli shahar va mamlakatlardagi gastrol safarlarida boshlovchilik qilgan.
U 1996 yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist unvoni bilan taqdirlangandi.