Poytaxtda isitish mavsumi qachon boshlanishi aniq boʻldi
Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Poytaxtda 6 noyabrdan boshlab ijtimoiy soha obʼektlari va koʻp xonadonli turar-joy binolarini issiqlik energiyasi bilan bosqichma-bosqich taʼminlash ishlari boshlanadi.
Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan, markazlashgan issiqlik taʼminotidan foydalanuvchi isteʼmolchilarni issiqlik bilan taʼminlash maqsadida, 3 noyabr soat 00:00 dan boshlab issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yoʻlga qoʻyiladi.
Isteʼmolchilardan issiqlik taʼminoti bilan bogʻliq muammolar kuzatilganda 1055 yoki 71 210-01-87, 71 210-01-41, 71 210-01-11, 71 210-01-63 raqamlariga murojaat qilishlarini soʻragan.