Oʻzbekiston va Fransiya rahbarlari Qoʻshma bayonot imzoladilar

Hujjatda ikki davlatning oʻzaro munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga koʻtarish niyati qayd etilgan.

Siyosat
2-noyabr 2023 yil
Oʻzbekiston va Fransiya rahbarlari Qoʻshma bayonot imzoladilar

Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron Qoʻshma bayonot qabul qildilar.

Hujjatda ikki davlatning oʻzaro munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga koʻtarish niyati qayd etilgan.

Ikki tomonlama hamkorlikning joriy holatiga hamda turli sohalarda davlatlararo munosabatlarni chuqurlashtirish istiqbollariga baho berilgan, tomonlar xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga, dolzarb global va mintaqaviy muammolarni birgalikda hal qilishga intilishi tasdiqlangan.

Prezidentlar huzurida moliya, taʼlim, madaniyat va ikki tomonlama hamkorlikning boshqa yoʻnalishlari boʻyicha 8 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi. Jumladan:

– “Samarqand Fransuz Alyansi”ni tashkil etish va uning faoliyati toʻgʻrisida hukumatlararo bitim;

– Oʻzbekistonda ichimlik suvi taʼminoti infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha hukumatlararo moliyaviy bayonnomalar (1- va 2-bosqichlar);

– Oʻzbekistonda Fransiya taraqqiyot agentligi va “PROPARKO”ni tashkil etish va ularning faoliyati toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida bayonnoma;

– tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida diplomatik kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida deklaratsiya;

– maktabgacha, maktab, professional va oliy taʼlim sohasidagi hamkorlik boʻyicha bayonnoma;

– madaniy meros sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida deklaratsiya;

– professional va texnik taʼlim sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida kelishuv.

Shuningdek, tashrif doirasida Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi hamda «SUEZ» va «Bouygues» kompaniyalari oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida deklaratsiyalar imzolandi.

Eslatib oʻtamiz, Fransiya prezideti 1-2 noyabr kunlari Oʻzbekistonga oʻz safar qilmoqda. Oʻzbekistondan avval u Qozogʻistonga tashrif buyurgandi. 

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+