Koʻmirning yangi narxlari eʼlon qilindi
Koʻmir mahsulotlarini sotish “Tovar xom-ashyo birja” savdolari orqali amalga oshiriladi.
Oʻzbekistonda 15 noyabrdan koʻmir narxlari oʻzgaradi. Surxondaryoda joylashgan “Shargʻunkoʻmir” AJda ishlab chiqarilayotgan koʻmir narxlari 2023 yil 15 noyabrdan boshlab quyidagicha belgilangan:
SSSSH markali koʻmir (0+13 mm fraksiyali) 460 000 soʻm
SSSSHMO markali koʻmir (0+50 mm fraksiyali) 312 000 soʻm
SSSKOM markali koʻmir (13-100 mm fraksiyali) 549 000 soʻm
Narxlar bir tonna koʻmir uchun QQS bilan qoʻshib hisoblangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31 mart 2015 yildagi № 75-sonli qaroriga asosan 1 tonna koʻmir mahsuloti uchun 54000 soʻmdan mahsus qoʻshimcha toʻlov alohida belgilangan.
Koʻmir mahsulotlarini sotish Oʻzbekiston Respublikasi “Tovar xom-ashyo birja” savdolari orqali amalga oshiriladi.
Eslatib oʻtamiz, Shargʻun koʻmir konining birinchi liniyasi joriy 2023 yilda ishga tushirilgandi.