platina.uz
Jamiyat

Andijon viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

Avvalgi oʻrinbosar tuman hokimi lavozimini egalladi. 

Andijon viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

Moʻminov Nasibullo Nabiyevich Asaka tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar N.Moʻminov Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan. Oʻz navbatida uning oʻrniga Andijon viloyati hokim oʻrinbosari etib Komilov Komiljon Sobirovich tayinlandi.

Komiljon Komilov 1980 yilda Oltinkoʻl tumanida tugʻilgan. 2000 yilda Andijon qishloq xoʻjaligi institutini hamda 2002 yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan, deyiladi Andijon viloyati hokimligi xabarida.

Mehnat faoliyatini oʻqituvchilikdan boshlab, taʼlim sohasida bir qancha rahbar lavozimlarida ishlagan.

Ushbu lavozimiga tayinlanguniga qadar Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalari instituti rektori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid