Rossiya benzin eksportiga qoʻyilgan taqiqni bekor qildi
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston ham Rossiyadan benzin import qiluvchi mamlakat sanaladi.

Rossiya hukumati benzin eksportiga qoʻyilgan vaqtinchalik taqiqni bekor qildi, deb xabar qildi mamlakat Energetika vazirligi. Departament maʼlumotlariga koʻra, ichki bozorda taklifning profitsiti shakllangan, Rossiyada yoqilgʻi zaxiralari taxminan 2 million tonnaga baholanmoqda.
Shu bilan birga, Energetika vazirligi zarurat tugʻilganda taqiq qayta kiritilishi mumkinligini maʼlum qilgan.
Oxirgi ikki oy davomida neftni qayta ishlash zavodlarida neftni qayta ishlashning yuqori hajmi saqlanib qolgan holda ichki bozor toʻyingan va benzin yetkazib berishning, shu jumladan, fond birjasida profitsit bilan taʼminlangan, deb xabar beradi Energetika vazirligi. Eksport taqiqi boshlanganidan beri avtobenzinning ulgurji birja narxlari sezilarli darajada pasaygan, deya qayd etadi vazirlik.
Qish mavsumida anʼanaviy ravishda benzinga boʻlgan talab kamayadi va neftni qayta ishlash zavodlarida taʼmirlash sikli ham yakunlanadi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston ham Rossiyadan benzin import qiluvchi mamlakat sanaladi. Masalan 2022 yilda mamlakat Rossiyadan 142,7 mln. litr benzin import qilgan. Bu jami import benzinning qariyb 88 foizini tashkil qiladi.