Samarqandda harbiy vertolyot halokatga uchradi
Fojia oqibatida vertolyot ekipaji halok boʻlgan.
Samarqandda harbiy vertolyot halokatga uchradi. Mudofaa vazirligi mazkur xabarni tasdiqladi.
17 noyabr kuni soat 20:15 da Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlari qoʻmondonligiga tegishli “Mi-8” vertolyoti “Kattaqoʻrgʻon” poligonida oʻquv parvozini amalga oshirayotganida halokatga uchradi.
Fojia oqibatida vertolyot ekipaji halok boʻlgan. Ayni vaqtda hodisa joyida Maxsus komissiya avariya sabablarini aniqlash ustida ish olib bormoqda.