Oʻzbekiston neft boʻyicha toʻliq mustaqillikka erishadi

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan oʻtkazilgan yigʻilishda aytib oʻtdi.

Siyosat
17-noyabr 2023 yil
Oʻzbekiston neft boʻyicha toʻliq mustaqillikka erishadi

Geologiya qidiruv ishlari kengaytirilib, yana 100 milliard kub metr gaz zaxiralari ochiladi, 2-3 yilda Oʻzbekiston neft boʻyicha toʻliq mustaqillikka erishadi.

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Termiz shahrida oʻtkazilgan Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan yigʻilishda aytib oʻtdi.

“Xalqimiz yaxshi hayot kechirsin, ogʻiri yengil boʻlsin, deb Surxondaryoga shu yilning oʻzida uchinchi marotaba juda katta niyatlar va aniq rejalar bilan keldim”, - dedi davlat rahbari.

Boysundagi qariyb 3 milliard dollarlik gaz-kimyo majmuasini ishga tushirish hisobiga yiliga 5 milliard kub metr gaz tozalanib, 6 trillion soʻmlik tabiiy gaz va oltingugurt ishlab chiqariladi, viloyatga yiliga oʻrtacha 120 million dollarlik eksport tushumi qoʻshiladi.

Shuningdek, majmua atrofida kooperatsiya yoʻlga qoʻyilib, qoʻshni tumanlar aholisi uchun ham kamida 2 mingta yuqori daromadli ish oʻrinlari yaratiladi.

Bu yerda 85 megavattli stansiya ham barpo qilingan. U nafaqat majmua ehtiyoji uchun, balki butun Boysun aholisiga yetadigan elektr ishlab chiqaradi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+