platina.uz

Oʻzbekiston boʻylab ommaviy yugurish musobaqalari oʻtkaziladi

Ushbu tadbir Davlat bayrogʻi qabul qilingan sanaga bagʻishlanadi. 

Sport
17-noyabr 2023 yil
Oʻzbekiston boʻylab ommaviy yugurish musobaqalari oʻtkaziladi

19 noyabr kuni Oʻzbekistonning 16 ta shahrida Davlat bayrogʻi qabul qilingan sanaga bagʻishlangan Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi boʻlib oʻtadi.

Ushbu kuni mamlakatning har bir fuqarosi musobaqaga qoʻshilishi mumkin.

Ommaviy yugurish musobaqasi respublikaning 16 shahrida oʻtkaziladi. Mamlakatimizning bosh ramzi Andijon, Namangan, Fargʻona, Nurafshon, Guliston, Jizzax, Samarqand, Termiz, Navoiy, Buxoro, Qorovulbozor, Qarshi, Gʻuzor, Xiva, Nukus va Toshkent shaharlari yashovchilari tomonidan markaziy koʻchalar boʻylab olib oʻtiladi. Poytaxtda start va finish zonasi "Humo Arena" sport-muz majmuasi maydonida joylashadi. Musobaqaning tasdiqlangan konsepsiyasiga koʻra, barcha shaharlarda yagona masofa 3 km, Toshkentda esa 3 km va 10 km ni tashkil qiladi.

Barcha shaharlarda Yangi nafas ommaviy yugurish musobaqasi bir vaqtda, ertalab soat 07:30 da boshlanadi.

Musobaqasining Toshkentdagi bosqichining gʻoliblari uchun tashkilotchilar tomonidan pul mukofoti jamgʻarmasi ajratilgan:
• 1-oʻrin uchun - 3 000 000 soʻm,
• 2-oʻrin uchun - 2 000 000 soʻm,
• 3-oʻrin uchun -1 000 000 soʻm
Toshkentda gʻoliblar taqdirlanishi 19 noyabr kuni, soat 11:00 da “Paxtakor” sport majmuasi Yengil atletika federatsiyasi stadioni hududida boʻlib oʻtadi. Viloyatlarda pul mukofoti Tashkiliy qoʻmitalar tomonidan shakllantiriladi.

10 km va 3 km masofaga yugurishda finishga yetib kelgan barcha ishtirokchilar maxsus medallar bilan taqdirlanadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+