Oylik va pensiyalar oshiriladigan boʻldi
Farmon bilan talabalarning stipendiyalari oʻzgarishsiz qolgan.
1 dekabrdan Oʻzbekistonda oylik ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdori oshiriladi. Bu haqda prezident farmoni imzolandi.
Unga koʻra, ish haqi va pensiyalar 7% ga oshirilmoqda. Shuningdek:
- pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 ming (hozir 347 ming) soʻm;
- yoshga doir eng kam pensiya miqdori – 725 ming (hozir 677 ming) soʻm;
- mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – 1 mln 50 ming (hozir 980 ming) soʻm;
- bazaviy hisoblash miqdori – 340 ming (hozir 330 ming) soʻm etib belgilanmoqda.
Farmon bilan talabalarning stipendiyalari oʻzgarishsiz qolgan.
Oyliklar oxirgi marta shu yil aprelda 7 foizga oshirilgan edi.