Novosibirsk-Fargʻona samolyoti 13 soat ushlanib qoldi
Prokuratura hodisa yuzasidan tekshiruv oʻtkazdi.

Bugun, 17 noyabr kuni Rossiyaning Novosibirsk shahridan Fargʻonaga shahriga uchishi kerak boʻlgan reys samolyoti naq 13 soat davomida ushlanib qoldi.
Bu haqda Infopro24 nashri xabar berdi.
Xabarga koʻra, ushbu holatga Uzbekistan Airways kompaniyasi samolyotining texnik nosozligi sabab boʻlgan.
Novosibirsk transport prokuraturasi hodisa yuzasidan tekshiruv oʻtkazgan.