Yuqori tashkilotlar Bektemir tumanida daraxt ekdi
Tumanda joylashgan “Iyk ota” mahallasida yangi “Konstitutsiya bogʻi” barpo qilindi.

Prezident tashabbusi bilan bugun butun mamlakat miqyosida “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda. Ushbu tashabbus ijrosini taʼminlash maqsadida Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonalari, Bosh prokuroturasi va Bektemir tumani hokimligi hamkorligi “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hashar tashkil etildi. Mazkur loyiha doirasida davlat tashkilotlari xodimlari, mahalla faollari va yoshlar ishtirok etdi.
Ushbu loyihani tumanda amalaga oshirishdan maqsad, tuman ekomuhitini yaxshilash, daraxtlarni ekish va parvarish qilish sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirish, yer maydonlaridan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini hisobga olgan holda hududlar iqlimiga mos manzarali va mevali daraxtlarni mahalliylashtirishdan iborat.
Hashar davomida Bektemir tumani 1-sektor hududa joylashgan “Iyk ota” mahallasida yangi “Konstitutsiya bogʻi” barpo qilinib, manazarali daraxtlar koʻchatlari oʻtkazildi. Bogʻning umumiy maydoni 2 gektar boʻlib, loyiha doirasida 1500 ga yaqin poloniya, 2 xil turdagi 100 ga yaqin archa kabi manzarali daraxt koʻchatlari ekildi. Yana bir eʼtiborli jihati shundaki, yangi barpo etilgan bogʻ tomchilatib sugʻorish tizimi orqali sugʻoriladi.
Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joizki, tumanda shu kunga qadar 50 mingdan ortiq daraxt koʻchatlari oʻtqazilib, qarovsiz yerlar yashil hududga aylantirildi.