Vazir Turkiyaning sayyohlardan koʻrgan daromadlarini ochiqladi
Ersoy 2022 yilda mamlakatga tashrif buyurganlar soni oʻtgan yilga nisbatan 71 foizga oshganini aytdi.

Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy vazirlik va unga qarashli muassasalarning 2024 yilgi budjeti toʻgʻrisidagi maʼlumotni, Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) ning Reja va xisobot komissiyasida taqdim etdi.
Ersoy, 2022 yilda mamlakatga tashrif buyurganlar soni oʻtgan yilga nisbatan 71 foizga oshib, 51,4 million kishiga yetganini maʼlum qildi.
Shuningdek, “2023 yilning yanvar-sentabr oylarida mamlakatimizga tashrif buyurganlarning umumiy soni 45,2 million kishini tashkil etdi.
Aholi soni ortgani kabi, turizmdan ham daromadlar ortib bormoqda. 2017 yil soʻngida aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan tungi daromad 65 dollarni tashkil etgan. Ushbu koʻrsatkich 2022 yilda 89 dollarga, 2023 yilning 9 oyida esa 100 dollarga oshgan. Bu 2017 yilga nisbatan 55 foizga yuksalganidan dalolatdir. Bizning turizm daromadimiz 9 oyda 42 milliard dollarni tashkil etdi, bu oʻrta muddatli rejadagi 55,6 milliard dollarga mutanosib tarzda borayotganini anglatadi”, deydi u.