Prezident Bayraktar dronlarini tekshirib koʻrdi
Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatidagi harbiy qismga tashrif buyurdi.

Shavkat Mirziyoyevga Bayraktar TB2 razvedka-zarba uchuvchisiz uchish apparatining parvozi namoyish etildi.
Qurolli Kuchlar Oliy bosh qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatidagi harbiy qismga tashrif buyurdi.
Davlat rahbari harbiy qismda yaratilgan sharoitlar, chegarani qoʻriqlashda qoʻllanilayotgan harbiy texnika va qurol-aslahalarni koʻzdan kechirdi.
Qurolli Kuchlarimizning salohiyatini oshirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shaxsiy tarkibning shayligi, zamonaviy qurol-aslahalar, uchuvchisiz uchish apparatlarini boshqarish hamda ularga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.