Milliy terma jamoa Turkmanistonni yutdi
JCh-2026 Osiyo qitʼasi saralash bosqichida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Turkmaniston mehmoni boʻldi.
Sport
16-noyabr 2023 yil

JCh-2026 Osiyo qitʼasi saralash bosqichida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Turkmaniston mehmoni boʻldi va gʻalaba qozondi.
Avvaliga mezbonlar chiroyli gol bilan hisobni ochgan boʻlsa, ikkinchi taymda Otabek Shukurovning dubli va Eldor Shomurodovning goli Oʻzbekistonga gʻalaba keltirdi.
Shu tariqa MTJ jahon chempionati yoʻlidagi yurishini qiyin gʻalaba bilan boshladi.
JCh-2026 saralashi, Osiyo
Turkmaniston - Oʻzbekiston 1:3
Gollar: Meylis Durdiyev 44 - Otabek Shukurov 58, 77, Eldor Shomurodov 90.