Zoyir Mirzayev mashina sotib olish uchun 1,3 mlrd. ajratdi
Mirzayev 30 oktabr kuni ham byudjetdan katta pul ajratgandi.
Iqtisod
15-noyabr 2023 yil

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev xizmat mashinalari uchun byudjetdan 1,3 mlrd. soʻm ajratdi. Bu boʻyicha hokimning tegishli farmoyishi eʼlon qilindi.
Unga koʻra, ushbu mablagʻga viloyat hokimligi uchun ikki dona, Yuqori Chirchiq hokimligiga bir dona xizmat mashinasi sotib olinadi.
Pullar viloyat mahalliy byudjeti 2023 yil 3-chorak yakunlari boʻyicha shakllangan daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan ajratiladi.
Avvalroq Zoyir Mirzayev 30 oktabr kuni byudjetdan milliardlab mablagʻ ajratgani maʼlum boʻlgandi.