Ukrainadan qochgan hind talabalari Samarqandga joylashdi
Ularning xulosa qilishicha, Samarqandda yashash Ukrainadan koʻra qimmatroq.
Jamiyat
15-noyabr 2023 yil
Ukrainadan evakuatsiya qilingan hindistonlik talabalar oʻqishini davom ettirish uchun Samarqanddan qoʻnim topishdi.
Gap shundaki, mingdan ortiq talabalar oʻqishini Samarqand davlat tibbiyot universitetiga koʻchirganlar. Bu masala boʻyicha Hindistonning Ukrainadagi elchixonasi iltimos bilan chiqqani aytiladi.
Samarqandga oʻtgan talabalarning xulosa qilishicha, yashash Ukrainadan koʻra qimmatroq. Ularning bari "Ganga operatsiyasi" tashabbusi bilan ortga qaytarilgan.
Hind hukumati tomonidan ilgari surilgan bu tashabbus ortidan Ukrainada qolib ketgan 18 mingdan ortiq hind talabalari evakuatsiya qilingan.