platina.uz
Jamiyat

Istanbul ortidan Izmir va Bodrum ham nufuzli roʻyxatga qoʻshildi

Bodrumda 19 ta, Izmirda 15 ta, umumiy 111 ta restoran tavsiya etiladi.

Istanbul ortidan Izmir va Bodrum ham nufuzli roʻyxatga qoʻshildi

Dunyo nufuzli restoran baholash tizimi boʻlgan Michelin Guide roʻyxatiga Istanbuldan soʻng Izmir va Bodrumning qoʻshilishi ortidan 2024 yil uchun qizgʻin tayyorgarliklar koʻrilmoqda.

• Bodrumda 19 ta, Izmirda 15 ta, umumiy 111 ta restoran tavsiya etiladi.

• Izmirdagi 3 ta va Bodrumdagi 2 ta restoran, shuningdek, Istanbulda 2 ta yangi tashkilot Michelin yulduzi bilan taqdirlandi.

• 4 ta yangi restoranga Michelin Yashil Yulduzi unvoni berildi.

Istanbul, Izmir va Bodrum yangi Michelin qoʻllanmasiga kiritiladigan restoranlar tanlovini taqdim etishdan mamnun. Michelin mutaxassislari ilk marotaba Izmirda 15, Bodrumda 19 ta jami 111 ta muassasani tavsiya qiladi. Ulardan Izmirdagi 3 ta va Bodrumdagi 2 ta restoran Michelin yulduzini qoʻlga kiritgan boʻlsa, 8 tasi Bib Gourmand (Bodrumda 2 ta, Izmirda 6 ta) bilan taqdirlangan. Istanbulda 2 ta restoran Michelin yulduzi va 8 ta Bib Gourmand mukofoti, umumiy 25 ta restoranlar roʻyxatga yangi kiritilgan yoki joriy qilinmoqda. Shu tariqa, Istanbuldagi tavsiya etilgan restoranlarning umumiy soni 77 taga yetdi.

Michelin Guide xalqaro direktori Gvendal Poullennekning soʻzlariga koʻra: “Joriy yilda oʻtkazilgan tekshiruvlarimiz natijasida, Istanbulning oshpazlik mahoratidan mutaxassislarimiz takroran hayratda qoldilar. Murakkab xarakterga ega kosmopolit shahar boʻlgan Istanbul klassik turk tavernalaridan tortib, zamonaviy muassasalar, shinam restoranlar va mazali xalqaro taomlarga qadar juda boy gastronomik salohiyatni taqdim etadi. Shahar boʻylab tarqalgan 24 ta yangi restoran “Bir Michelinin yulduzi”ni qoʻlga kiritgan, oʻz anʼanalari bilan faxrlanadigan mahoratli oshpazlar avlodi tomonidan boshqariladigan gastronomik standartlardagi yuksalishni ham ifodalaydi.”

"Bizning jamoamiz Michelin Guide oilasiga yangi aʼzo boʻlgan ikki shahar: Izmir va Bodrum oʻrtasidagi farqlarni alohida eʼtirof etdi. Jumladan Bodrum oʻz navbatida qirgʻoqda joylashgan tamaddixonalari va shahar markazidagi kichik restoranlari bilan oʻziga xos va hamyonbopdir”, — deb qoʻshimcha qiladi Gvendal Poullennek.

Izmirdagi 3 ta restoran ilk bor Michelin yulduzi bilan taqdirlandi. Oshpaz Usmon Sezener tomonidan boshqariladigan OD Urla oʻzining haqiqiy, chuqur ildiz otgan oshpazlik yondashuvi bilan ajralib turadi. Uzumzorlar va zaytun bogʻlari bilan oʻralgan ushbu oilaviy mulkda oshpaz va uning jamoasi eng yaxshi mahalliy mahsulotlarni namoyish etadi. Ularning yarmi toʻgʻridan-toʻgʻri joylarda yetishtirilar ekan, qolganlari mahalliy ishlab chiqaruvchilar va dehqonlardan olinadi.

Teruar Urlada oshpaz Usmon Serdarogʻlu va uning jamoasi Oʻrta yer dengizidan ilhomlangan oshxonani italyan nuanslari bilan aralashtirib, mahalliy mahsulotlarning nafis taʼmini yaqqol yuzaga chiqarmoqda. Qoʻzi goʻshtidan tortib, yangi echki pishlogʻi va suzma bilan qovurilgan qovoqqa qadar taomlar kamchiqim, ammo lazzatga boydir.

Bodrumdagi 2 restoran bir Michelin yulduzi bilan taqdirlandi. Oshpaz Usmon Sezener tomonidan boshqariladigan Kitchen restorani, mazali va betakror taʼmga milliy turk taomlarini taklif etadi. Bundan tashqari, bu yerda mahalliy va yangi mahsulotlar issiq koʻmirda pishirilgan va zararsiz bogʻ oʻtlari bilan boyitilgan qaylada pishirilgan sakkizoyoq kabi taomlar ham mahorat bilan tayyorlanadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid