Bank kartalaridan millionlar oʻgʻirlangani aytilmoqda
Markaziy bank va boshqa tashkilotlar hozircha rasmiy izoh bermadi.

Tarmoqda joriy yilning 11 noyabrga oʻtar kechasi va erta tongda ayrim fuqarolarning bank kartalaridan katta miqdordagi pullar gʻoyib boʻlgani haqida xabarlar tarqaldi.
Norasmiy maʼlumotlarga koʻra, bu holatda bank tizimi server darajasida buzilgan, buning natijasida firibgarlar mamlakat banklaridan birining ilovalaridan birida roʻyxatdan oʻtgan kartalarga hech qanday muammosiz kirish huquqiga ega boʻlishgan. Natijada Oʻzbekiston fuqarolarining mablagʻlari xorijga oson oʻtkazila boshlandi.
Agar maʼlumot tasdiqlansa, bu ish Oʻzbekiston bank tizimi tarixidagi eng yirik xakerlik boʻlishi mumkin.
Markaziy bank va boshqa tashkilotlar hozircha rasmiy izoh bermadi.