Soʻnggi besh yil ichida Oʻzbekistonda qanday oʻzgarishlar boʻldi?
Platina.uz shu savol bilan aholiga mikrofon tutdi.
Oʻzgarishlar makon, zamon, jamiyat, tabiat, insonlarga nisbatan xos jarayon. Rivojlanish, ijobiy tarafga boʻlgan oʻzgarishlarni bugun kechagi, ertaga bugungi holatidan yaxshiroq boʻlish belgilaydi, bizningcha. Bu jihatlar nafaqat insonlar, joylarga, balki davlatlarning rivojlanishiga ham aloqador. Xoʻsh, yurtimizda bu vaziyat qanday?
Platina.uz "Soʻnggi 5 yil ichida Oʻzbekistonda qanday oʻzgarishlar boʻldi?" savoli bilan aholiga mikrofon tutdi.
Yurtdoshlarimizning nazdida:
—Yangi uylar qurildi, Oʻzbekistonga investitsiya kiritildi;
—Iqtisod rivojlanyapti, qurilishlar yaxshi boʻlyapti. Xususiy universitetlar koʻpayib ketdi, lekin buni natijasida oʻqish sifati pasayib ketdi, deb oʻylayman;
—Rastomojkalar ochilgani yaxshi boʻldi, oyliklar koʻtarildi, taʼlimga eʼtibor berildi;
—Imoratlar qurildi. Poliklinikalar yaxshi ishlayapti, hamshiralar bemorlarga uylarga kelib ham qarashyapti;
—Qonunga oʻzgartirishlar kiritildi, sigaret 21 yoshdan yuqori boʻlganlarga sotiladigan boʻldi;
—Menimcha hech nima oʻzgarish boʻlmadi, deyarli sezmadim;
—Yoʻllar yaxshilandi, yerusti metrolari qurildi;
—Yangi bozorlar qurilyapti, biznes, marketing sohalari ancha rivojlandi. Biznesmenlarga eʼtibor qaratildi.
Guvohi boʻlganingizdek, fikrlar turlicha. Muhimi, qilinayotgan oʻzgarishlar xalqning ogʻirini yengil qilib, yashash tarziga ijobiy taʼsir koʻrsatsa yetarli.
Odinaxon Dehqonova.
Telegramda kuzatib boring!