Oʻzbekiston yirik hisobda gʻalaba qozondi
Yosh futbolchilarimiz hal qiluvchi bahsni 16 noyabr kuni Ispaniya termasiga qarshi oʻtkazishadi.

Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati guruh bosqichining 2-tur oʻyinlarida Oʻzbekiston terma jamoasi Kanada ustidan yirik hisobda gʻalaba qozondi.
Oʻyinning 22-daqiqasida kanadaliklar avtogol urgan boʻlsa, oradan 2 daqiqa oʻtib, Saidov hisobni 2:0 koʻrinishiga keltirdi. 81-daqiqada esa Saidov oʻz hisobiga dubl yozdirib qoʻydi.
Endi yosh futbolchilarimiz hal qiluvchi bahsni 16 noyabr kuni Ispaniya termasiga qarshi oʻtkazishadi.
U-17 jahon chempionati, guruh bosqichi, 2-tur
Oʻzbekiston - Kanada 3:0
Gollar: R.Chukvu (avtogol) 22, A.Saidov 24, 81.