platina.uz

Metro poyezdi yana buzilib qoldi

Eslatib oʻtamiz, 23 oktabr kuni ham Shahriston metro bekatida nosozlik sodir boʻlgandi. 

Jamiyat
13-noyabr 2023 yil
Metro poyezdi yana buzilib qoldi

Joriy yilning 13 noyabr sanasida soat taxminan 09:15 lar atrofida Oʻzbekiston yoʻnalishining Alisher Navoiy bekatidan harakatlanishni boshlagan 40-sonli harakat tarkibida texnik nosozlik holati kuzatilgan va buning natijasida ushbu harakat tarkibi tonnelning kirish qismida 15 daqiqa vaqt davomida toʻxtatilgan.

Bu "Toshkent metropoliteni" xabar berdi.

Yoʻlovchilarga noqulaylik hosil qilmaslik va yoʻnalishda belgilangan harakat jadvali buzilmasligini oldini olish maqsadida, ortidagi 39-sonli harakat tarkibi orqali tirkamaga olinib, harakat tarkibi tekshiruv yoʻlagiga olib borilgan.

Hozirgi vaqtda yoʻnalishdagi barcha poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda.

Eslatib oʻtamiz, 23 oktabr kuni ham Shahriston metro bekatida nosozlik sodir boʻlgan. Avvalroq, vagon eshiklarining ochiq holda harakatlanishi, toʻxtab qolishi va metro vagonida yongʻin ham kuzatilgandi. Shuningdek, avgust oyida aynan Yunusobod yoʻnalishining ikki bekati profilaktika uchun yopilgandi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+