Andijonda aholiga beriladigan koʻmirlar talon-toroj qilindi
Jinoyat ishlari yuzasidan dastlabki tergov harakatlari Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

“Koʻmir taʼminot” MChJning Andijon viloyati filiali tasarrufidagi 3 ta koʻmir ombori rahbarlari kuz-qish mavsumida aholiga imtiyozli narxda tarqatishga moʻljallangan koʻmirlarni goʻyoki fuqarolar olgani haqida soxta maʼlumotlar tayyorlab, naqd pulga sotishib, shaxsiy manfaatlari yoʻlida talon-toroj qilishgan.
Xususan:
- Andijon tumani koʻmir ombori mudiri Sh.B. 362,3 mln. soʻmlik 1.220,0 tonna;
- Buloqboshi tumani koʻmir ombori mudiri S.N. 178,3 mln. soʻmlik 445,5 tonna;
- Jalaquduq tumani koʻmir ombori mudiri Y.Yu. 421,7 mln. soʻmlik 1.419,9 tonna.
Mazkur holatlar yuzasidan ombor mudirlariga nisbatan JKning 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, ular Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.
Jinoyat ishlari yuzasidan dastlabki tergov harakatlari Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.