Abdulla Aripov umra ziyoratini ado etdi
U navbatdan tashqari islom sammitida qatnashish uchun Ar-Riyod shahriga yetib borgan edi.

Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bugun, 12 noyabr kuni Saudiya Arabistonida umra ziyoratini ado etdi.
Abdulla Aripov kecha navbatdan tashqari islom sammitida qatnashish uchun Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahriga yetib borgan edi.
Sammitda Abdulla Aripov Isroil-Falastin mojarosi boʻyicha fikr bildirib, Oʻzbekiston Falastin mustaqil davlat boʻlishini qoʻllab-quvvatlashini yana bir bor taʼkidladi.