platina.uz
Jamiyat

Toshkentda yangi tuman tashkil etish taklif qilinmoqda

Poytaxtda soʻnggi bor yangi tuman 2020 yilda tashkil etilgan. 

Toshkentda yangi tuman tashkil etish taklif qilinmoqda

Toshkentda yana bir tuman tashkil etilishi mumkin. Qonunchilik palatasining bu boʻyicha "Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq va Oʻrta Chirchiq tumanlarining, shuningdek Toshkent viloyati va Toshkent shahrining chegaralarini oʻzgartirish hamda Toshkent shahar tarkibida Yangi Toshkent tumanini tashkil etish toʻgʻrisida"gi qarori loyihasi eʼlon qilindi.

Vazirlar Mahkamasining taklifi qabul qilinib, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq va Oʻrta Chirchiq tumanlarining, shuningdek, Toshkent viloyati va Toshkent shahrining chegaralari oʻzgartirilishi; Toshkent viloyati hududidan 19 729,41 gektar, shu jumladan, Yuqori Chirchiq tumanidan 17 323,31 gektar (shundan 11 147,29 gektar qishloq xoʻjaligi yerlari), Oʻrta Chirchiq tumanidan 2 406,1 gektar (shundan 1 758,41 gektar qishloq xoʻjaligi yerlari) yer maydonlari Toshkent shahri tarkibiga oʻtkazilishi koʻzda tutilmoqda.

Taklifga koʻra, Yangi Toshkent tumaniga quyidagi hududlar kiritiladi:

Yuqori Chirchiq tumanidan — “Istiqbol”, “Darxon”, “Usmonobod”, “Navoiy”, “Jaloltepa”, “Obodon”, “Guliston”, “Bahor”, “Xvan T.G”, “Yashnobod”, “Uch chinor”, “Nurafshon”, “Mirobod”, “Fayziobod”, “Ahmad Yassaviy”, “Baliqchi”, “Yoshlik”, “Tinchlik”, “Iyik-ota”, “Birlik” MFYlar hududlari;

“Istiqlol”, “Gulobod”, “Oʻzbekiston”, “Navroʻz”, “Qorasuv”, “Oq ovul”, “Maʼrifat”, “Jumabozor”, “Nurli yoʻl”, “Farovon”, “Yangi hayot”, “Saxovat”, “Qizilsoy” MFYlar hududlarining bir qismi.

Oʻrta Chirchiq tumanidan — “Sholikor”, “Oʻchoqli”, “Bunyodkor”, “Mashʼal” MFYlar hududlari;
“Mustaqillik”, “Gulobod”, “Yangiturmush” MFYlar hududlarining bir qismi.

Eslatib oʻtamiz, 2021 yil avgust oyida ilk bor Chirchiq va Qorasuv daryolari oraligʻida Yangi Toshkentni qurish tashabbusi ilgari surilgandi.

Toshkentda soʻnggi bor yangi tuman 2020 yilda tashkil etilgan (Yangihayot tumani).

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid