platina.uz
Jamiyat

Sirdaryo hokimi harbiy qismdagi baxtsiz hodisa sabab milliardlar ajratdi

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili 22 oktabr kuni sodir boʻlgan portlashda  16 kishi jarohatlangandi.

Sirdaryo hokimi harbiy qismdagi baxtsiz hodisa sabab milliardlar ajratdi

2022 yil oktabr oyida Sirdaryo tumanidagi harbiy qismda sodir boʻlgan baxtsiz hodisa sabab aholi xonadonlari va ijtimoiy obʼektlarga zarar yetgan.

Sirdaryo viloyati hokimi farmoyishi bilan ushbu muassasalarga 3,9 mlrd. soʻm ajratiladi.

Mablagʻlar Respublika byudjeti zaxira jamgʻarmasi va viloyat hokimligi huzuridagi "Obod qishloq" jamgʻarmasiga oʻtkazilgan pullar hisobidan ajratiladi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili 22 oktabr kuni sodir boʻlgan portlashda 16 kishi jarohatlangan, 3742 ta turar va noturar joylarning tomi, shifti, deraza va eshik romlariga qisman talafot yetgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid