Prezident bir qator shifokorlarni mukofotladi
Noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi tibbiyot xodimlari kuni sifatida bayram qilinadi.
Mamlakatda sogʻliqni saqlash tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, aholi salomatligini ishonchli muhofaza qilish borasidagi koʻp yillik samarali mehnati, sohani tubdan isloh etishga qaratilgan dasturlar ijrosini muvaffaqiyatli taʼminlashagi faol ishtiroki uchun bir qator tibbiyot xodimlari faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlandi.
«Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sogʻliqni saqlash xodimi» faxriy unvoni bilan
- Azizov Sabit Kurbanovich - Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 1-gemodializ boʻlimi mudiri
- Nuraliyeva Gulnoza Sagdullayevna - Respublika maxsus 1-Zangiota shifoxonasi bosh pediatri
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
- Maxmudova Sanobar Yusupovna - Paxtachi tumani tibbiyot birlashmasining tugʻruq boʻlimi akusher-ginekologi, Samarqand viloyati
- Shek Aleksandr Borisovich - Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining yurak ishemik kasalliklari laboratoriyasi mudiri
I darajali «Sogʻlom avlod uchun» ordeni bilan
- Mamanazarov Kurban Mamarajabovich - Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali travmatologiya, ortopediya, xalq tabobati jarrohligi, neyrojarrohlik, anesteziologiya va tez tibbiy yordam kafedrasi assistenti, Surxondaryo viloyati
- Eminov Baxodir Joʻrayevich - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Fargʻona filiali bolalar reanimatsiyasi boʻlimi anesteziolog-reanimatologi, Fargʻona viloyati
II darajali «Sogʻlom avlod uchun» ordeni bilan
- Jabbarov Ashir Norqobilovich - Qamashi tumani tibbiyot birlashmasining «Chim» filiali shifoxonasi rahbari, Qashqadaryo viloyati
- Qosimova Dinoraxon Siddiqovna - Chortoq tumani tibbiyot birlashmasining bolalar boʻlimi mudiri, Namangan viloyati
- Moʻydinova Dilbarxon Usarboyevna - Buloqboshi tumanidagi «Mayariq» oilaviy shifokorlik punkti hamshirasi, Andijon viloyati
- Xujayev Nuriddin Xurramovich - Jomboy tumani tibbiyot birlashmasining bolalar boʻlimi mudiri, Samarqand viloyati
II darajali «Salomatlik» ordeni bilan
- Aliyev Sherzod Maxmudjanovich - Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining kattalar kardioxirurgiyasi boʻlimi mudiri
- Axmadaliyeva Xurshida Muxamadaliyevna - Oqoltin tumani tibbiyot birlashmasining terapiya boʻlimi mudiri, Sirdaryo viloyati
- Bobokeldiyeva Xamida Ergashevna - Jizzax viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining boks-brutsellyoz boʻlimi mudiri
- Yernazarov Oralbay - Moʻynoq tumani tibbiyot birlashmasining shoshilinch qabul boʻlimi terapevti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
- Karimov Murodulla Yuldashevich - Toshkent tibbiyot akademiyasining travmatologiya, ortopediya va harbiy dala jarrohligi kafedrasi mudiri
- Molayxanov Rustam Xudayberganovich - Toshkent shahridagi 4-klinik shifoxonasining jarrohlik boʻlimi shifokori
- Nurillayeva Marifat Tagʻayevna - Navoiy viloyati endokrinologiya dispanseri endokrinologi
- Roʻziyeva Aziza Komunarovna - Olot tumani koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi kardiologi, Buxoro viloyati
- Salomova Raʼno Xayrullayevna -Boʻka tumanidagi 10-oilaviy poliklinikasi oilaviy shifokori, Toshkent viloyati
- Tajiyeva Nargiza Oʻrinboyevna - Qoʻshkoʻpir tumani koʻp tarmoqli poliklinikasi patronaj hamshirasi, Xorazm viloyati
- Tojiboyev Akmalxon Abduraxmanovich - Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan filiali jarrohlik boʻlimi mudiri, Namangan viloyati
- Tojiyev Shomurod Musurmonovich - Yakkabogʻ tumani tibbiyot birlashmasining jarrohlik boʻlimi mudiri, Qashqadaryo viloyati
- Toʻxtayev Tojidin Parpiyevich - Oltinkoʻl tumani tibbiyot birlashmasi bosh feldsheri, Andijon viloyati
«Doʻstlik» ordeni bilan
- Berdiyev Axmad Niyozmaxmadovich - Sariosiyo tumanidagi «Guliston» oilaviy shifokorlik punktining «Karsh» togʻli hududi patronaj feldsheri, Surxondaryo viloyati
- Jumanazarova Asilxon Dovulbayevna - Yangiqoʻrgʻon tumani tibbiyot birlashmasining «Nanay» hududiy boʻlimi bolalar shifokori, Namangan viloyati
- Malkova Yelena Mixaylovna - «Oʻzbekiston temir yoʻllari» aksiyadorlik jamiyatining Sogʻliqni saqlash xizmati markaziy poliklinikasi tibbiy punkti terapevti
- Orazaliyev Bazarbay Xaitbayevich - Beruniy tumani tibbiyot birlashmasining jarrohlik boʻlimi jarrohi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
- Raimjanov Abdulaziz Abduxafizovich - Fargʻona shahridagi «ASAF Medical» masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari,Fargʻona viloyati
- Tashpanbetova Kaljan Kaldibayevna - Konimex tumanidagi «Sarjal» oilaviy shifokorlik punkti oilaviy shifokori, Navoiy viloyati
«Sogʻlom turmush» medali bilan
- Akbutayeva Dilfuza Abdumannapovna - Respublika bolalar kam invaziv va endovizual xirurgiya ilmiy-amaliy markazi katta hamshirasi
- Karimov Xusan Raimberdiyevich - Respublika tez tibbiy yordam markazining Sirdaryo viloyati filiali haydovchisi
- Mustanov Abdusamat Norsaatovich - Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi
- Nasriyeva Muhabbat Djoʻrayevna - Buxoro tumanidagi 3-oilaviy poliklinikasi katta hamshirasi, Buxoro viloyati
- Raxmatullayeva Maxbuba Latifovna - Yangiyoʻl tumanidagi 72-oilaviy poliklinikasi umumiy amaliyot shifokori, Toshkent viloyati
«Shuhrat» medali bilan
- Atajanova Zamira Nurullayevna - Ellikqalʼa tumani tibbiyot birlashmasining anesteziologiya va reanimatsiya boʻlimi katta hamshirasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
- Kuranbayev Rustam Alimovich - Respublika tez tibbiy yordam markazining Xorazm viloyati filiali Urganch tumani boʻlimi feldsheri
- Maxamadaminova Shoira Abduvaliyevna - Yunusobod tumanidagi «Otolaringolog» xususiy klinikasi otolaringologi, Toshkent shahri
- Moʻminova Adolat Xolmatovna - Zomin tumanidagi «Muruvvat» nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ayollar internat uyi hamshirasi, Jizzax viloyati
- Ravshanov Sobir Kenjayevich - Respublika tez tibbiy yordam markazining Samarqand viloyati filiali Narpay tumani boʻlimi haydovchisi
- Tojiboyeva Salomatxon Davranboyevna - Izboskan tumanidagi «Muruvvat» nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ayollar internat uyi hamshirasi, Andijon viloyati
- Ermatov Abdumalik Abduraximovich - Furqat tumani tibbiyot birlashmasining travmatologiya punkti travmatologi, Fargʻona viloyati
- Yakubov Raxim Kamilovich - Toshkent davlat stomatologiya institutining bolalar yuz-jagʻ jarrohligi kafedrasi professori