Oʻzbek toʻylaridagi hashamatga qanday qaraysiz?
Platina.uz ushbu mavzuda aholi fikrini oʻrgandi.
Oʻzbek madaniyati dunyodagi chiroyli madaniyatlardan biridir. Urf-odatlari, anʼanalari asrlar davomida koʻplab qiziqishlarga sabab boʻlgan. Soʻnggi yillarda mana shu urf-odatlar boʻrttirib yuborilayotganining, hashamatga koʻproq urgʻu berilayotganining guvohi boʻlamiz. Xoʻsh, mana shu hashamatga aholining fikri qanday?
Platina.uz ushbu mavzuda aholi fikrini oʻrgandi.
Aksariyat odamlar isrofgarchilikdan boshqa narsa emas, deb taʼkidlasa, baʼzilarning fikri "qurbi yetsa, qancha qilsa ham qilaversin" boʻldi.
Ayollarimizdan biri bu hashamatni ilmning kamligidan degan boʻlsa, boshqa biri “pul ketsa ketsin, obroʻ ketmasin” jumlasi bilan fikrini ifodaladi.
Odamlardan oxirgi toʻylarga qancha pul sarflanganini soʻradik. Fikrlar xilma-xil, javoblar esa yildan-yilga koʻproq xarajat qilayotganimizni koʻrsatyapti.
Bu mavzu kecha yoki bugun bizning muammoga aylangani yoʻq. Abdulla Qodiriy “Yigʻindi gaplar”ni yozayotganda qanday ahamiyatga ega boʻlgan esa, bugun ham mana shunday dolzarbdir.
Fazilat Soib