Mirziyoyev va Mattarella muzokara oʻtkazdi

Unda ikki tomonlama strategik sheriklikni va ustuvor yoʻnalishlardagi koʻp qirrali munosabatlarni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Siyosat
10-noyabr 2023 yil
Mirziyoyev va Mattarella muzokara oʻtkazdi

Shavkat Mirziyoyev va Italiya prezidenti Serjo Mattarella “Koʻksaroy” qarorgohida ikki tomonlama muzokara oʻtkazdilar. Unda ikki tomonlama strategik sheriklikni va ustuvor yoʻnalishlardagi koʻp qirrali munosabatlarni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Davlat rahbarlari kelgusi yilda tashqi siyosiy idoralar rahbarlari darajasidagi Strategik muloqotning birinchi yigʻilishini oʻtkazishga kelishib olishdi. “Markaziy Osiyo - Italiya” muloqoti doirasida ham faol aloqalar davom ettiriladi.

Iqtisodiy hamkorlik sohasida oʻtgan yili oʻzaro tovar ayirboshlash 30 foizga oshdi. Qoʻshma loyihalar portfeli 9 milliard yevroni tashkil etdi.

Savdo munosabatlarini yanada rivojlantirish maqsadida Savdoga koʻmaklashish kompleks dasturini ishlab chiqish taklif qilindi.

Hukumatlararo guruh doirasida mahalliylashtirishning yangi yoʻnalishlari va loyihalari boʻyicha takliflar tayyorlashga kelishib olindi.

Ikki mamlakat hududlari oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni ragʻbatlantirish muhimligi qayd etildi. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston va Italiya hududlari forumini taʼsis etish va uning ilk uchrashuvini kelgusi yili Samarqandda oʻtkazish taklif qilindi.

Bundan tashqari, madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi. Toshkentdagi Turin politexnika universiteti filiali negizida Italiyaning ilgʻor texnologiyalari transferi markazi tashkil etiladi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, xavfsizlikka umumiy tahdid va xatarlarga qarshi kurashishdagi hamkorlikni davom ettirish yuzasidan ham fikr almashildi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+