Biz bilan xayrlashayotgan kuz (fotoreportaj)
Platina.uz muxbiri nihoyasiga yetayotgan fasl manzaralarini toʻpladi.
Kuz - shoirlarning sheʼrlarida, kuychilarning navolarida, rassomlarning suratlarida odamlarning esa xotiralarida oʻzining jozibadorligi bilan muhrlanib qoladigan fasl.
Bu yilgi kuz ham barchaning xotirasida oʻziga xos oʻrin egallaganiga shubhamiz yoʻq. Xazon va uning dilga yoquvchi shitirlashi, yomgʻir va suv tomchilarining takrorlanmas tovushi, biroz sovuqroq kechga yaqin quloq va burunlarni muzladigan shabboda, tabiatning ranglar bilan ajoyib kollaboratsiya yaratishi bularning hammasi ajoyib muhitni shakllantiradi.
Bu ertaknamo muhitga oʻzingiz xohlagan detalingizni qoʻshishingiz mumkin. Masalan issiq qahva yoki choy, kitob, gul va shunga oʻxshagan bir talay narsalar bilan oʻzingiz uchun goʻzal bir atmosfera yaratishingiz mumkin. Yoki shunchaki soyaboningizni olingda kuz yomgʻirida yerga, yomgʻirpoʻshingizga, daraxtlar barglariga istalgan narsaga tegayotgan tomchi ovozidan, quloqchinlarda musiqadanmi sayr qilib zavq oling.
Bu kuzdan sizga yaxshi xotira boʻlib qolsin. Mana shu kuzni arzirli qaynoq xotiralar bilan eslang! Chunki mavsum tugashiga hech qancha vaqt qolgani yoʻq. Kuzning eng goʻzal daqiqalaridan zavqlanishga ulgurmagan boʻlsangiz, biz barchasini kameramiz obʼektiviga muhrladik. Vaqt hech qachon toʻxtab turmaydi. Hayotning turli tashvishlari bilan kuz oʻtib ketganini sezmay qolganlar uchun ushbu fotoreportajni siz uchun tayyorladik.
Matn va fotosuratlar Fazilat Soib
tomonidan suratga olingan va tayyorlangan.