Open AI Oʻzbekiston uchun Chat GPT’ga ruxsat berdi
Bu haqda kompaniya maʼlumotida aytiladi.

OpenAI oʻzbekistonliklarga ChatGPT'dan foydalanishga ruxsat berishini maʼlum qildi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida eʼlon qilindi.
Sunʼiy intellektga asoslangan soʻrovlar boʻyicha maʼlumot beruvchi ChatGPT xizmati oʻzbekistonlik foydalanuvchilar uchun ochildi. Bundan tashqari oʻnlab mamlakatlarga ham bu imkoniyat taqdim etilgan, orasida qoʻshni Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Afgʻoniston kabilar ham bor.
Bundan avval mazkur xizmatdan faqat VPN'ni yoqqan holda, chet el raqamlar orqali roʻyxatdan oʻtish mumkin edi. Endilikda Oʻzbekistondagi aloqa operatorlari raqamlari orqali ham roʻyxatdan oʻtish mumkin.
Eslatib oʻtamiz, Open AI sunʼiy intellektga asoslangan texnologiyalar yaratuvchi kompaniya boʻlib, uning asoschilaridan biri Ilon Mask sanaladi. ChatGPT esa ushbu kompaniya ishlab chiqqan ommabop sunʼiy chat-loyiha sanaladi.