Buloqboshi tumani hokimligi byudjet pulidan Kaptiva-5 sotib oldi
Andijon viloyati Buloqboshi tumani hokimligi 3 noyabr kuni 319,9 mln soʻmga Captiva-5 avtomobilini sotib olish uchun “UzAuto Motors” kompaniyasi dileri bilan shartnoma tuzgan.
Oktabr oyida “UzAuto Motors” kompaniyasi yangilangan Chevrolet Captiva-5 avtomobili sotuvga chiqarilishini eʼlon qildi.
Andijon viloyati Buloqboshi tumani hokimligi joriy yil 3 noyabr kuni 319,9 mln soʻmga Captiva-5 avtomobilini sotib olish uchun “UzAuto Motors” kompaniyasi dileri bilan shartnoma tuzgan. Shartnoma davlat xaridlari portalida keltirilgan.
Shuningdek, Platina.uz muxbiri davlat xaridlari portalida oʻtkazgan oʻrganish natijalariga koʻra, byudjet puliga ushbu avtomobilni birinchilardan boʻlib Buloqboshi tumani hokimligi sotib olgani maʼlum boʻldi.
Maʼlumot uchun, ushbu avtomobil xaridi uchun Boʻloqboshi tumani hokimligida nega ehtiyoj paydo boʻlgani, sotib olish uchun hokimning qaror yoki farmoyishi davlat xaridlari portaliga ilova qilinmagan.