Oʻzgidromet suv toshqinlaridan ogohlantirdi
8-9 noyabr kunlari kuchli yomgʻirlar yogʻishi kutilyapti.

Oʻzgidromet ob-havo haqida maʼlumot berar ekan, 9 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfidan ogohlantirdi.
Maʼlumotga koʻra, 8-9 noyabr kunlari kuchli yomgʻirlar yogʻishi kutilayotgani sababli respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida shunday tabiiy hodisalar kuzatiladi.
Sel kelishi xavfi bor hududlar:
- Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzor tumanlari;
- Surxondaryo viloyati Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon, Muzrobot tumanlari;
- Samarqand viloyati Urgut, Samarqand, Bulungʻur, Nurobod, Qoʻshrabot, Kattaqoʻrgʻon, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlari;
- Navoiy viloyati Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlari;
- Jizzax viloyati Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlari;
- Toshkent viloyati Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlari;
- Namangan viloyati Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlari;
- Fargʻona viloyati Soʻx, Shohimardon, Fargʻona, Beshariq tumanlari;
- Andijon viloyati Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahri.