Italiya prezidenti 3 kunlik tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻladi
Tashrif dasturidan investitsiya, ilmiy-madaniy hamkorlik masalalari oʻrin olgan.

9-11 noyabr kunlari Italiya prezidenti Serjo Mattarella 3 kunlik tashrif bilan Oʻzbekistonga kelyapti. Bu haqda italyan matbuoti xabar berdi.
Tashrif dasturidan investitsiya, ilmiy-madaniy hamkorlik masalalari oʻrin olgan. 10 noyabr kuni esa Shavkat Mirziyoyev Italiya prezidentini qabul qiladi.
Shuningdek, Mattarella Turin politexnika universitetida boʻlib, OTMlar oʻrtasidagi hamkorlik, iqtisodiy va texnologik sohalarda tajriba almashish masalalari muhokama qilinadi.
Tashrifning uchinchi kunida, 11 noyabrda mehmon Samarqand shahriga boradi.
Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev shu yil yozda Italiyaga rasmiy tashrif bilan borgandi.