Yil boshidan beri qancha jurnalist faoliyati vaqtida halok boʻlgani ochiqlandi

Birgina 16 oktabr kuni Gʻazoda 11 jurnalist aviazarbalar oqibatida qurbon boʻlgan.  

Jahon
3-noyabr 2023 yil
Yil boshidan beri qancha jurnalist faoliyati vaqtida halok boʻlgani ochiqlandi

Joriy yil boshidan buyon dunyoda kamida 46 jurnalist oʻldirilgan, qamoqqa olinganlari soni 531 nafarga yetgan. Bu maʼlumotlarni BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari Volker Turk taqdim etdi.

U hukumatlar, politsiya va sudlarni matbuot xodimlarini himoya qilishni kuchaytirishga chaqirdi.

“Joriy yilning oʻtgan davrida kamida 46 nafar jurnalist kasbiy faoliyati tufayli halok boʻldi, qamoqqa olinganlar soni 531 nafarga yetdi" deydt u.

Turk 2 noyabr, Jurnalistlarga qarshi jinoyatlar uchun jazosizlikka barham berish xalqaro kuni munosabati bilan X ijtimoiy tarmogʻida (sobiq Tvitter) "Bundan tashqari, boshqa koʻplab jurnalistlar ham qabul qilib boʻlmaydigan taʼqib va ​​zoʻravonliklarga duchor boʻlmoqdalar" deb yozdi.

Birgina 16 oktabr kuni Gʻazoda 11 jurnalist aviazarbalar oqibatida halok boʻlgani xabar berilgandi. 

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+