platina.uz
Jamiyat

Mirziyoyev temir yoʻl boʻyicha xalqaro kengash tuzishni taklif etdi

Ostonada Turkiy davlatlar tashkilotning navbatdagi sammiti boʻlib oʻtmoqda. 

Mirziyoyev temir yoʻl boʻyicha xalqaro kengash tuzishni taklif etdi

Ostonada boʻlib oʻtayotgan sammitda Oʻzbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev Temir yoʻl idoralari kengashi tuzishni taklif qildi.

Global logistika zanjirlari va transport yoʻlaklarini rivojlantirish va diversifikatsiya qilish, yagona tranzit tarmogʻini shakllantirish masalalari dolzarb ahamiyatga ega.

“Yuk tashuvlariga oʻsib borayotgan talabni qondirish maqsadida Oʻrta koridor salohiyatini kengaytirish choralarini qoʻllab-quvvatlaymiz.

Shuningdek, qoʻshimcha koʻptarmoqli yoʻnalishlarni, jumladan, Xitoy, Janubiy Osiyo va Yevropa bozorlariga mamlakatlarimiz orqali oʻtadigan koridorlarni rivojlantirish hamda transport xizmatlarini raqamlashtirish tarafdorimiz.

Davlatlarimiz Temir yoʻl idoralari kengashini taʼsis etishni va bu tuzilmaning direksiyasini yurtimizda joylashtirishni taklif etamiz”, - deb taʼkidladi Sh.Mirziyoyev Ostona shahrida boʻlib oʻtayotgan Turkiy Davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yigʻilishida.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid