platina.uz
Jamiyat

Rossiya Tashqi razvedka xizmati rahbari Oʻzbekistonga keldi

U Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov bilan uchrashgan. 

Rossiya Tashqi razvedka xizmati rahbari Oʻzbekistonga keldi

Rossiya Tashqi razvedka xizmati (SVR) direktori Sergey Narishkin 31 oktabr kuni amaliy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻldi. U Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov bilan xalqaro terrorizmga qarshi kurash va razvedka maʼlumotlari almashinuvi masalalarini muhokama qilgan.

Bu haqda razvedka xizmati matbuot byurosi xabarida aytiladi.

"Xalqaro terrorizmga qarshi kurashish, keng koʻlamli mintaqaviy va xalqaro muammolar boʻyicha razvedka maʼlumotlari almashinuvi, shuningdek, zamonaviy tahdid va tahdidlarga qarshi kurashish boʻyicha birgalikdagi imkoniyatlarni mustahkamlash sohasidagi muvofiqlashtirilgan faoliyatga alohida eʼtibor qaratildi” deyiladi xabarda.

Tashqi razvedka xizmati maʼlumotiga koʻra, "muzokaralarda tomonlar ikki mamlakat maxsus xizmatlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikning asosiy masalalarini koʻrib chiqdi va kelgusi davr uchun hamkorlikdagi ishlarning istiqbollari va ustuvor yoʻnalishlarini muhokama qilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid