platina.uz
Jamiyat

Prezident Administratsiyasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Toʻrt muhim lavozimga yangi nomzodlar tayinlandi. 

Prezident Administratsiyasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Prezident Administratsiyasida qator yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi:

Gʻayratulla Xabibullayevich Yoziyev - Prezidentning kadrlar siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Gayratulla Yoziyev Davlat xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Qahramon Ramatullayevich Sariyev - Prezidentning kadrlar siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Kaxraman Sariyev Prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Ulugʻbek Islomovich Muxammadiyev -Prezidentning kadrlar siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari - Prezident Xalq qabulxonasi rahbari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Ulugʻbek Muxammadiyev Prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Umar Sapayevich Ismailov - Xalq qabulxonasi rahbarining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Umar Ismailov Prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid