platina.uz
Jahon

Tojikistonda "zaharli chang boʻroni": mintaqada vaziyat ogʻir

Bu zaharli boʻronlar dehqonchilik va tuproq unumdorligiga ham salbiy taʼsir koʻrsatadi.

Tojikistonda "zaharli chang boʻroni": mintaqada vaziyat ogʻir

Tojikiston poytaxti Dushanbeda zaharli qum boʻroni yuz berdi. Mutaxassislarning fikricha, iqlim oʻzgarishi sabab boʻlayotgan bunday boʻronlar Markaziy Osiyo boʻylab tez-tez uchrab, uning aholisiga zarar yetkazmoqda.

Tojikiston 2022 yilgi iQAir havo sifati indeksida dunyoning eng ifloslangan 10 ta davlatidan biriga kirdi.

"Men oʻzimdagi yoʻtalni toʻxtata olmayman. Meni boʻgʻayotgan bu changdan toʻyganman”, dedi mahalliy oʻqituvchi Munira Xushqadamova Dushanbedagi Sofiya klinikasiga kelgan chogʻida.

Soʻnggi ikki yil davomida 43 yoshli ayol nafas yetishmovchiligidan aziyat chekmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining hisob-kitoblariga koʻra, Tojikiston aholisining 80 foizi PM2.5 deb nomlanuvchi mayda zarralarning eng yuqori konsentratsiyasiga duchor boʻladi.

Bunday vaziyatda odamlar koʻp suv ichishlari va himoya qilish uchun niqob kiyishlari kerak. Ammo Dushanbe koʻchalarida niqob taqib yurganlar soni juda kam.

Nigora Yusupova “nafas olishda qiyinchilik va bosh ogʻrigʻi”ga qaramay, niqob taqmasligini aytdi, chunki u “nafas olishni qiyinlashtiradi”. Ilgari bunday boʻronlar kamdan-kam boʻlgan, ammo hozir ular bahorda boshlanib, Markaziy Osiyoning katta qismida kuzgacha davom etmoqda.

“1990 yillarda Tojikistonda yiliga ikki-uch marta qum va chang boʻronlari boʻlardi. Endi 35 tagacha boʻlishi mumkin”, - deydi Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazining Tojikiston boʻlimi rahbari Zebuniso Moʻminzoda.

"Iqlim oʻzgarishi sababli, quruq fasllarning uzoq davom etishi yerni quritib, qum va chang boʻronlariga olib keladi", dedi u.

Boʻronlar koʻpincha Oʻzbekistondagi Orol dengizining qurib qolgan hududlarida, shuningdek Qozogʻiston dashtlarida va qoʻshni Afgʻonistonda ham boshlanadi.

Moʻminzoda “inson omili”ga ishora qilib, oʻrmon xoʻjaligi, isrofgarchilikka asoslangan sugʻorish va chorvachilik “tuproqning degradatsiyasiga” hissa qoʻshayotganini aytdi.

Bu zaharli boʻronlar dehqonchilik va tuproq unumdorligiga ham salbiy taʼsir koʻrsatadi,boz ustiga Tojikiston kabi kambagʻal, qishloq mamlakati uchun ulkan muammodir.

Qum va chang mintaqadagi koʻplab muzliklarga ham tushadi - mintaqadagi muhim suv manbaini ifloslab, erishini tezlatadi, dedi Moʻminzoda.

Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida tez-tez ziddiyatlar mavjud boʻlsa-da, ular suv resurslarini boshqarish va yadroviy chiqindilarni utilizatsiya qilish kabi ekologik muammolarni hal qilish uchun umumiy harakatlarni amalga oshirishga urinmoqda.

Ammo mintaqadagi barcha beshta davlatda faoliyat yurituvchi Mintaqaviy ekologik markaz maʼlumotlariga koʻra, Tojikistondagi boʻron hali ham " kichik tabiiy ofat" sifatida baholanmoqda.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid