Buxoroda ikki usta tok urishi oqibatida halok boʻldi
Ikki nafari esa ogʻir ahvolda reanimatsiyada ekani aytilgan.
Jamiyat
9-oktabr 2023 yil

Jondorda uy qurayotgan quruvchilar tok urishi natijasida halok boʻldi.
Xabar berilishicha, tumanning Bahoriston mahallasidagi qishloqlardan birida ikki qavatli uy qurilishida ishlayotgan 4 nafar usta narvonni koʻtarib aylantirayotgan vaqtda yuqori kuchlanishli elektr tokiga tegib ketadi.
Natijada 30 yoshli ikki erkak voqea joyida vafot etadi. Ikki nafari esa ogʻir ahvolda reanimatsiyada ekani aytilgan.
Holat yuzasidan Jondor tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.