Kuzgi hosil dalalaridan “qaynoq” fotoreportaj

Platina.uz Samarqand viloyati Bulungʻur tumanida boʻlib kuz dalalarining eng “qaynoq” joylaridan fotoreportaj tayyorladi. 

Jamiyat
8-oktabr 2023 yil
Kuzgi hosil dalalaridan “qaynoq” fotoreportaj

Kuz - bahordan beri qilingan mehnatlar hosilini olish vaqti. Bu asosan xalqimiz orasida dehqonchilik bilan shugʻullanadigan aholiga tegishli jumla. Oltin kuz tuxfalaridan bahramand boʻlar ekansiz, sizning qoʻlingizgacha mehnat qilingani haqida oʻylaganmisiz? Hech kuzda dalalar kezib poliz mahsulotini oʻzingiz uzgingiz kelganmi? 

Platina.uz Samarqand viloyati Bulungʻur tumanida boʻlib kuz dalalarining eng “qaynoq” joylaridan fotoreportaj tayyorladi. 

Tarvuz yetishtirish. Tarvuz, qovun kabi poliz mahsulotlarini respublikamiz boʻyicha asosan vodiy dehqonlari yetishtirishadi. Chunki vodiyda sugʻorma suv va yer yetishmovchiligi bor. Erta bahorda sugʻorish uchun suvi yaxshi, hosildor yerlarga koʻchib borib to hosilni yigʻib sotib tugagunicha oilasi bilan koʻchib kelib shu yerda yashashadi. Dehqonchilik qilayotgan yosh oilalardan birining aytishicha, qizi shu dalada katta boʻlmoqda. Ular hozir tarvuzni ancha-muncha sotishgan “ bu yil yaxshi, suyuntirmoqda”- deydi dehqon amaki olgan hosilidan mamnun boʻlib. 

Keyingi maydon Pomidor dalasi boʻldi. Dala boshiga yoyilgan katta brezentda qip-qizil pomidorlar qogʻoz qutilarga joylanmoqda. Pomidorlarni shu yerlik aholi yetishtirgan. Dalada boʻylab yoyilgan yashil palaklar orasida qizil pomidorlar yaqqol koʻzga tashlanib turadi. 

Keyin yoʻl- yoʻlakay koʻrganlarimiz sabzi dalasi boʻldi. Tushlik vaqti boʻlgani va ishchilar ovqatlanayotgani sababli u yerda koʻp qolmadik. 

Piyoz dalasiga yetib kelganimizda ish ancha avjida edi. Yakshanba kuni boʻlgani uchun dehqonning bolalari ham yordamga kelgan. Bolalarning onasi “mehnatda chiniqishadi” –deydi bolalarni bizga tanishtirayotib. 

Dalalarni koʻrish ishtiyoqi bizni makkajoʻxori, kungaboqar maydonlariga, olma bogʻlariga yetakladi. Hosillarni koʻrib koʻzingiz quvnaydi. 

Oylar davomida qilingan halol mehnatning mevasi shirin boʻlishi tabiiy. Va mana shu mevalar yurtimiz bozorlarining koʻrkiga koʻrk qoʻshib turibdi. Bu yil hosil mavsumi tugaydi, qish oʻtib yana bahor keladi. Yana erta bahordan dehqon suv boshida, yer haydatgan, yana charxpalak aylanaveradi. Hech boʻlmasa bir marta poliz dalalarida yoki mevalar gʻarq pishgan bogʻlarda boʻlishingiz kerak. Hech boʻlmasa bu muhitni bir marta his qilishingiz kerak.

Fazilat Soib

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+